35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Chinniobod” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.

📍 O‘rganish ishlari davomida 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13 va 14-raqamli jami 10 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari e’tiborga olindi.

🔎 O‘rganish jarayonida umumiy foydalanish joylarini saqlash va obodonlashtirish, sanitariya holatini ta’minlash, muhandislik tarmoqlari hamda uylarning texnik holatini nazorat qilish, shuningdek, zarur ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish zarurati mavjudligi aniqlandi.

📄 Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov tomonidan Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.X. Xamidullayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovida “Chinniobod” MFY hududidagi mazkur 10 ta ko‘p qavatli uyni amaldagi qonunchilik talablari asosida Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) boshqaruviga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

⚖️ Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolarga qulay yashash sharoitlarini yaratishning muhim vositasidir.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1