“Prezident olimpiadasi”ning chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha Respublika saralash musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muzaffarxo‘ja Rahmatxo‘jayev, Chim ustida xokkey federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sport mahorati maktabi chim ustida xokkey bo‘yicha yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Rinat Axmadulin ishtirok etdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoalar A, B, C va D guruhlarga bo‘lindi. Endilikda sportchilar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.