35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
MAKTABLARDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarining sport zallari faoliyati va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zallarining moddiy-texnik holati, sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganligi, yoritish va isitish tizimlari, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport to‘garaklariga jalb etilishi, mavjud sport jihozlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sport zallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.