Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqaroning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.
💬Murojaatlarning bir qismi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijro muddatlari belgilanishi bilan birga, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
🫥Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar hududni yanada obod qilish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda davlat xizmatlari sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita va samimiy muloqotni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni amaliy choralar orqali hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.