35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obokor" mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Bandixon tumanida kunlik ish rejalari ijrosi hamda deputatlik faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari va tavsiyalar doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 20-Obikor saylov okrugidan saylangan deputat X.Salomov va tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obikor" mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlarini o‘rgandilar. Monitoring jarayonida fuqarolarning yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar ko‘rib chiqildi.

Aholi bilan muloqot davomida ko‘tarilgan barcha masalalar deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi.

Murojaatlarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish va ijro intizomini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 5