35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
Zomin tumanidan o‘tuvchi temir yo‘l hududida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari doirasida Zomin tumanidan o‘tuvchi temir yo‘l hududida ham keng qamrovli tozalash tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida temir yo‘l atrofidagi hududlar chiqindilardan tozalanib, begona o‘tlar o‘rib tashlandi, yo‘l yoqalari tartibga keltirildi hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, temir yo‘l bo‘ylab xavfsizlik va ekologik tozalikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Obodonlashtirish tadbirlarida tegishli tashkilotlar xodimlari, tuman kengashi deputatlari, mahalla faollari hamda ko‘ngillilar faol ishtirok etib, hududning yanada ozoda va ko‘rkam bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Mazkur obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari hududning ekologik holatini yaxshilash, temir yo‘l infratuzilmasi atrofida ozodalikka rioya etish hamda Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3