35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda targ‘ibot va o‘rganish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar, xonadonbay o‘rganishlar hamda mahallalarda targ‘ibot-tushuntirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Muloqotlar davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning taklif va tashabbuslari o‘rganilmoqda. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, deputatlar tomonidan aholi o‘rtasida obodonlashtirish va tozalik madaniyatini yuksaltirish, xonadonlar, ichki ko‘chalar hamda jamoat joylarini ozoda saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda umumxalq hasharlarida faol ishtirok etishning ahamiyati yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida aholining ijtimoiy holati, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda sanitariya va ozodalikka rioya etish, farzandlar tarbiyasi hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5