Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishida fuqarolar bilan birgalikda manzarali gullar ekilib, hududning obodligi va ko‘rkamligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida yog‘och mahsulotlari, karavot va mebel buyumlari ishlab chiqarish faoliyati o‘rganilib, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda hududlarni obodlashtirish ishlari deputatlik nazoratida davom ettiriladi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi