O‘rganishlar davomida:
Yangiqo‘rg‘on MFYda aholi bandligi, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi;
Guliston MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi;
“Adiba Boutique” faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi;
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar, drenaj tizimi va bolalar maydonchasi bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi;
Gumbaz ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘i bilan bog‘liq murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, masalani bartaraf etish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar belgilandi.
Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratida!
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi