35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI

O‘rganishlar davomida “Arpapoya” mahallasidagi 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirildi. Muassasa binosida ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi, shuningdek, foydalanish jarayonida eskirgan jihozlar mavjudligi aniqlandi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini ta’mirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan jihozlarni yangilash hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash zarur.
Shuningdek, 39-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilib, maktabda ayrim ta’mirlash va moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.
Jumladan:
🔹 5 ta sinf xonasidagi eskirgan pol qoplamalarini ta’mirlash yoki yangilash;
🔹 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 2 ta sinf xonalarini kichik o‘lchamdagi parta va stullar bilan ta’minlash zarur.
Shu munosabat bilan mazkur muammolarni bartaraf etish, ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
Deputatlik so‘rovining ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 1