35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Kichik Xirmontepa mahallasida ichki yo‘llar asfaltlashtirildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, tahlil qilinganidan so‘ng, jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Mazkur mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Bahrombekovich tomonidan nazorat qilindi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Kichik Xirmontepa mahallasidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yakunlanib, yo‘llar asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi.
Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida mahalla ichki yo‘llarining holati yaxshilanib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalar obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9