35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
#ijobiy
#tavsiyalar
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan, Turkiston va Vatanparvar MFY hududlaridagi elektr ta’minoti hamda mavjud elektr tarmoqlarining holati quyidagi savollar orqali o‘rganildi:

Ko‘cha yoritish tizimlarida elektr energiyasini tejash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgan va ularning samaradorligi qanday?

Elektr energiyasidan samarasiz foydalanish holatlari mavjudmi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘rganish davomida Turkiston va Vatanparvar MFY hududlaridagi mavjud elektr tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelgani aniqlandi.

Aniqlangan muammo deputat F. Quvatov tomonidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida o‘rganilib, zarur choralar ko‘rilishi natijasida muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Mazkur jarayon Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi mas’ul bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 4