35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Hamdo‘stlik mahallasida oilaviy tadbirkorlik va qo‘shimcha daromad manbalari o‘rganildi

Xususan, “Vodiy chashmasi water” oilaviy korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur korxonada qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tadbirkor tomonidan ishlab chiqarish hajmini oshirish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Qolaversa, korxonada 50 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali elektr energiyasidan samarali foydalanish va xarajatlarni kamaytirishga erishilmoqda.
Ayni paytda korxonada tadbirkorning 6 nafar oila a’zosi mehnat qilib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmoqda. Korxona faoliyati natijasida oilaning yillik o‘rtacha daromadi 150 million so‘mni tashkil etmoqda.
O‘rganish davomida tadbirkorning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 1