35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
YANGIYER MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA BANDLIK UYG‘UN RIVOJLANMOQDA

Ayni paytda mahallada qandolatchilik va tikuvchilik sexlari, go‘sht mahsulotlari savdo nuqtasi, agrodorixona hamda go‘zallik saloni kabi xizmat va ishlab chiqarish shoxobchalari faoliyat yuritmoqda.
Qandolatchilik sexida turli xil shirinlik va qandolat mahsulotlari tayyorlanib, aholiga taklif etilmoqda.
Go‘sht mahsulotlari savdo nuqtasi orqali aholiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Agrodorixona dehqon va tomorqa egalari uchun zarur agrotexnik vositalarni xarid qilishda qulaylik yaratmoqda.
Tikuvchilik sexining faoliyati, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar bilan shug‘ullanishi va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Go‘zallik salonining faoliyati esa mahalla aholisiga zamonaviy maishiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirmoqda.
Mazkur faoliyatlar bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, D. Shoimqulova va R. Mengziyayevalar yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida tadbirkorlar va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada kengaytirish, mahsulotlar sifatini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Yangiyer mahallasida savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarining rivojlanib borayotgani yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va mahallaning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3