35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TALABLARI IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputat A.Turdiyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 95-sonli “Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oltinsoy tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi, tashkilot
hududining sanitariya-obodonlashtirish holati, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, Vazirlar Mahkamasining 95-sonli qarori talablarini amalda ta’minlash, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va hududning obodonlashtirish holatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.  

Slide 1 of 3