35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 👥 MAHALLADAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Boybuloq” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida mahalladagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Jumladan, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, xotin-qizlar faoli faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

📊 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning muammolariga yechim topishda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3