35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_masala

#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

✅Aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ustidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Ishpo'latovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan hududdagi mahallalarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholining murojaatlari tinglanib, tabiiy gaz yetkazib berish sifati, bosim darajasi, mavjud nosozliklar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan mas’ul mutasaddilarning faoliyati tahlil qilindi.

✅Shuningdek, tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar va istiqboldagi rejalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi. O‘rganish davomida ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

✅Bunday o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1