35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🟦 OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I S. JUMANIYOZOVA HISOBOTI YUZASIDAN MUNOSABAT

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Kalandarov Azamat Shermetovich Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Jumaniyozova tomonidan taqdim etilgan hisobotda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z aksini topganini ta’kidladi.
    Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ijobiy baholandi.
    Muhokamalar davomida bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, hisobotda belgilangan vazifalar dolzarb va amaldagi qonunchilik talablariga mos ekanligi qayd etilib, hisobotni ma’qullash hamda tegishli qaror loyihasini qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta'kidladi.

Slide 1 of 2