19¹-modda
🏛️ Yangi ta’lim maskani qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘urjak 1” mahallasida barpo etilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilishining borishi o‘rganildi.
🏗️ Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida bunyod etilmoqda.
🏫 330 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy maktabda qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida olib borilmoqda. Tashrif davomida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qurilishning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur loyiha hududda ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.