35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
“DOLZARB 40 KUN”: YASHNOBODDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB 40 KUN”: YASHNOBODDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

🏛 Yashnobod tumani hokimi B. Rahmankulov boshchiligida, tuman rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla mas’ullari hamda faollar ishtirokida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔺 Mazkur jarayonlarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etib, Yashnobod tumanining “Go‘zal” va “Bog‘bon” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📍 Hududlarda sanitariya-tozalash ishlari olib borilib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, ichki ko‘chalar va jamoat joylarini obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni manzilli bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki ko‘chalarining holati, hududlarning tungi yoritilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat joylarining sanitariya holati, yashil hududlarni saqlash va parvarishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Davronbek Ravshanbekov mutasaddilar va mahalla faollari bilan hududlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari asosida mavjud muammolarni manzilli hal qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va natijadorligini ta’minlash yuzasidan fikr almashdi.

🌳 Shuningdek, obodonlashtirilgan hududlarni doimiy ravishda ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash va aholi uchun yanada qulay hamda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✨ “Dolzarb 40 kun” doirasidagi ishlar Yashnobod tumani mahallalarining obod qiyofasini yanada yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda fuqarolar uchun toza, xavfsiz va farovon yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5