Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan tumandagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etish uchun mablag‘ ajratish taklifi ma’qullandi.
Qarorga muvofiq, ijtimoiy reyestrga kiritilgan 389 ta oila hamda 28 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, jami 417 ta oilaga Qurbon hayiti munosabati bilan bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun 171 million 804 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur qaror aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.