Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan jami 2 mlrd 162 mln 583 ming so‘m mablag‘ni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
✅ Jumladan:
🔹 565 mln so‘m – Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga;
🔹 500 mln so‘m – “Og‘ir” mahalla dasturi loyihalariga;
🔹 408 mln so‘m – inklyuziv maktablarda to‘siqsiz muhit yaratishga;
🔹 200 mln so‘m – “Ayollar daftari” jamg‘armasiga;
🔹 150 mln so‘m – “Qovun sayli” xalqaro festivalida tumanning munosib ishtirokini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
🎯 Mazkur mablag‘lar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.