Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sadullayev Qudrat Yusubbayevich “Obod”mahallasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida mahalladagi tadbirkor ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✔️Muloqotlar davomida tadbirkor ayollarning faoliyati, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi ishlari bilan tanishilib, ularni qiynayotgan masalalar hamda mavjud takliflar tinglandi. Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
✅Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini yanada oshirish, ularning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda bu borada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!