Avvalroq «Posira» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida daraxtning yirik shoxi sinib, balkon qismiga qulab tushgani hamda fuqarolar xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.
✅Mazkur masala xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sadullayev Qudrat tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi.
📝Natijada xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxi kesib tashlandi, hudud obodonlashtirildi va mavjud muammo to‘liq bartaraf etildi.
👥Fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mahallalarda xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!