35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida hududda “mahallabay” ishlash tizimi asosida yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hudud obodonligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor Po‘latov Ortig‘ali Mirzayevich tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ayollar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi.
Tadbirkorlik subyekti faoliyati natijasida hozirgi kunda 5 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy mahsulotlar hajmini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputat nazoratiga olindi hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3