35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
Qonun ijrosi — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–937, 2024-yil 5-avgust) ijrosi yuzasidan nazorat tadbirini amalga oshirdi.

🏢 O‘rganish doirasida Taxiatosh tumani hokimligining Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi faoliyati bilan tanishilib, qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.

🤝 Suhbat davomida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va mavjud masalalarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda tegishli tavsiyalar bildirildi.

📋 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qabul qilingan qonunlarning joylarda to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Slide 1 of 2