35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining 32-Xalqobod saylov okrugi deputati R.Tursunmuradov O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq saylov hududidagi “Quytosh” MFYda joylashgan, hozirda ta’mirlash va jihozlash ishlari yakuniga yetmagan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi qurilish holatini o‘rgandi.
Mazkur maktab binosi «HOUSE GRAND» loyihachi tashkiloti va «Kapital Stroy Elegant» MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 9,5 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu maktabda qurilish ishlari 2025 yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, u 2025 yilning noyabr oyida yakunlanishi belgilangan edi. Biroq, shunga qaramasdan, ob’yektdagi ishlar bugungi kunga qadar nihoyasiga yetkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida maktab binosining kadastr hujjatlari tayyorlanmagani va hududga TP (transformator) o‘rnatilgani, lekin maktab binosiga hali elektr toki kiritilmagani aniqlandi. Shuningdek, sport zalini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan, mini-sport maydonchasiga chimlar to‘liq yotqizilmagan va elektr tarmoqlari tortilmagan. Maktab ichidagi bolalar hojatxonalari uchun maxsus kanalizatsiya tizimlari qurish ishlari yakuniga yetkazilmagangi va binoda boshqa ko‘plab kamchiliklar mavjudligi ko‘zga tashlandi.
Deputat qurilish tashkiloti rahbari bilan suhbatlashganda, pudratchi qisqa muddatlar ichida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 3