35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova “Alisher Navoiy” mahallasida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan o‘rganish tadbirini o‘tkazdi.

Unda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 24 tavsiya yo‘nalishi bo‘yicha aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holati yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, bunday uchrashuv va davra suhbatlari jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4