Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyatida hafta yakun bo'yicha qilingan ishlar ko'rib chiqildi.
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar va ish rejalari belgilab olindi.
📝 Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar, doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda sessiya qarorlari loyihalari va ularga ilova qilinadigan qarorosti hujjatlari ko‘rib chiqildi.
✅ Muhokamalar yakunida hujjatlarni yanada takomillashtirish, sessiyani yuqori saviyada tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan kelishib olindi.