Murojaatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (DMTT) bolalarni qabul qilish tartibi, mavjud talablar va jarayonlar bo‘yicha masalalar ko‘tarilgan.
O‘rganish davomida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning amaldagi tartibi, navbatga qo‘yish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qonunchilikda belgilangan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan amaldagi tartiblar asosida zarur tavsiyalar berilib, fuqaroga qiziqtirgan savollari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.