O‘rganish maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha tashkiliy ishlarning holati, xavfsizlikka oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarning amalda qo‘llanilishi, xodimlarning xavfsizlik texnikasi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tayyorgarligi, yong‘in xavfsizligi tizimining tashkil etilganligi va ishlash holati, shuningdek evakuatsiya tizimi hamda favqulodda chiqish yo‘llarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.