35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tuman markazidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi.

Oʻrganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan zamonaviy va qulay infratuzilma bilan bog‘liq ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda piyodalar yo‘laklari, yoritish tizimi, yashil hududlarni kengaytirish, dam olish o‘rinlari, bolalar maydonchalari, shoirlar maskani va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish ishlari yuzasidan mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarini belgilangan loyiha asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, qurilish maydonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, kelgusida bog‘ni aholi uchun yanada jozibador va qulay hordiq maskaniga aylantirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2