35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 Sherobod tuman Elektr ta’minotida deputatlik nazorati o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-"Sherobod" saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov ishtirokida Sherobod tuman Elektr ta’minoti korxonasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida korxonada fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha amaldagi tartiblar o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mas’ul xodimlarning qonunchilik talablaridan xabardorlik darajasi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

🔍 Savolnoma asosida qonunning asosiy tushunchalari va talablari, jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish tartibi, murojaatlarni nazoratga olish, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha xodimlarning amaliy bilimlari baholandi.

🤝 O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqishni ta’minlash, shuningdek, bu boradagi nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5