35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Kengash_faoliyati

Yaxshilik va xayrli amal yo'lida birlashgan Bandixon!

Kuni kecha Bandixon tumanida yoshlar va nuroniylar Navro‘z mahallasidagi "Oqmozor" qabristoni hududida tashkil etilgan xayrli hasharda faol ishtirok etdilar.

Hashar davomida qabriston hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tartibga keltirildi. Ushbu ezgu tashabbus — ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va hamjihatlikning yorqin ifodasidir.

Tadbirda ishtirok etgan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tuman Kengashi deputati X.Abdimo'minov ushbu savobli ishga sidqidildan hissa qo‘shgan barcha yoshlar, nuroniylar hamda faol fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildirib, bu kabi ezgu amallar Yangi O‘zbekistonning birdamlik va mehr-oqibat tamoyillarini yanada mustahkamlashini ta'kidladilar.

Hashar yakunida barcha hasharchilarga osh tortildi, o'tganlar ruhi poklari uchun Qur'on tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi.



"O‘tganlar xotirasini e’zozlash, ular mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod va ozoda saqlash — har birimizning insoniy burchimizdir. Bugun 'Navro‘z' mahallasida o‘tkazilgan ushbu ezgu tashabbus nafaqat maskanni obod qildi, balki mahalla ahlini, ayniqsa yoshlarimizni bir-biriga yanada jipslashtirdi. Obodlik — barchamizning umumiy amalimizdir."

Slide 1 of 9