35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich tomonidan mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududda faoliyat yuritayotgan “Usmon Shashlik” va “Polvon Shashlik” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbatda ovqat tayyorlash jarayonida hosil bo‘layotgan tutun va hidning atrofdagi aholi xonadonlariga noqulaylik tug‘dirayotgani, fuqarolardan ushbu masala yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani alohida ta’kidlandi.

⚖️Shuningdek, sanitariya-gigiyena me’yorlari, ekologik talablar hamda jamoat osoyishtaligiga rioya etish, tutun va hidning tarqalishini kamaytirish bo‘yicha zarur texnik choralarni ko‘rish yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

✅Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3