35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan Marg‘ilon shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari T.T.Beknazarov nomiga yuborilgan deputat so‘rovi belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur deputat so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Shuningdek, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ta’lim muassasalari, mahallalar va yoshlar o‘rtasida muntazam tushuntirish ishlari, davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda profilaktik tadbirlar tashkil etilayotgani, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali davom ettirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olingani qayd etilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan rasmiy javob o‘rganilib, deputatlik nazorati doirasida uning ijrosi ustidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 7