35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Navbatdagi o‘rganish davomida 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi elektr transformator punktining texnik holati deputatlar tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Sh.Ermatov hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.X.Mirzayev va S.M.Mirzayev ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida transformator atrofidal xavfsizlik kamchiliklari mavjudligi aniqlandi. Xususan, yuqori kuchlanishdagi elektr kabellari ochiq holatda ekani, transformator eshiklari qulflanmagani, inshoot atrofi himoya to‘sig‘i bilan o‘ralmagani hamda fuqarolarni, ayniqsa, o‘quvchilarni xavfdan ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar o‘rnatilmagani kuzatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan maktab ma’muriyati tomonidan shahar elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar muammo o‘z yechimini topmagan.

Aniqlangan holatlar bolalar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini inobatga olib, deputatlar tomonidan masala alohida nazoratga olindi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, transformatorni belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq holatga keltirish hamda mas’ul tashkilotlarning javobgarligini ko‘rib chiqish maqsadida shahar elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Deputatlar tomonidan olib borilayotgan bunday nazorat tadbirlari ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mavjud muammolarni qonuniy asosda hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6