35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi

Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Kengash deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirovlar tomonidan Farovon mahallasida ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektorining hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Hududda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3