35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
MAHALLA BOSHQARUVIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI

 MAHALLA BOSHQARUVIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Isaxonov tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda ularning joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida Akbarobod mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi. 

  

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ–350-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

  

Shuningdek, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar yig‘inlarining vakolatlari, aholi muammolarini hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi. 

   

Slide 1 of 3