Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar tuman infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar va sportni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirildi:
🏗 “Og‘ir mahallalar” infratuzilmasini yaxshilash uchun:
1 750 000 000 so‘m — tumandagi sharoiti og‘ir mahallalarda obodonlashtirish, infratuzilma ob’yektlarini ta’mirlash va aholi turmush tarzini yaxshilash tadbirlari uchun.
⚽️ Sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun:
39 900 000 so‘m — futbol bo‘yicha jamoalarning DXX kubogi futbol musobaqasi Respublika bosqichidagi ishtiroki xarajatlarini qoplash uchun.
🎓 Yoshlar tarbiyasi uchun: 10 000 000 so‘m — “Jasorat maktabi” o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va tegishli tadbirlarni tashkil etish xarajatlari uchun.
🛣 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun:
26 264 000 so‘m.