35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
CHORTUT MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 CHORTUT MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan Chortut mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.

⚡️ Murojaatda Dovul ko‘chasida joylashgan 9 ta elektr ustunini ko‘cha chetiga ko‘chirish masalasi ko‘tarildi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, elektr ustunlarining amaldagi joylashuvi transport vositalari va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirib, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda.

🔎 Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, elektr ustunlarini belgilangan me’yor asosida ko‘chirish qayd etildi.

📨 O‘rganishga ko‘ra, Dovul ko‘chasidagi 9 ta elektr ustunini ko‘cha chetiga ko‘chirish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish maqsadida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborildi.