35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati Dushamov Elyor Shuhrat o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumanning Do‘stlik mahallasi, Do‘stlik ko‘chasi hududida ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ichki yo‘llar holati, elektr ta’minoti, ko‘cha yoritgichlari, ichimlik suvi, obodonlashtirish, sanitariya-tozalik hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi.
📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
📌 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda tizimli hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Bunday uchrashuv va o‘rganishlar fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3