35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Tashmatov "Istiqbol" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida bugungi kunga qadar erishilgan natijalar e'tirof etildi. Jumladan, kambag‘allik darajasi 4,8 foizni tashkil etib, 6 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 31 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 17 nafari ish bilan ta'minlandi, 14 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratildi.

Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlash, tomorqalardan samarali foydalanish hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3