35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosi keng muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Jondor tumanida 2026 yilning birinchi yarim yilligida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan tuman hokimi J. Xudoyyevning hisoboti atroflicha muhokama qilindi.
♻️Yig‘ilishda davlat dasturi doirasida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Doimiy komissiya a’zolari hisobot yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, davlat dasturida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
♻️Muhokamalar yakunida tuman hokimi hisoboti yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, davlat dasturi ijrosini izchil davom ettirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4