35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
#deputat nazorati

HUDUDLARDA DEPUTAT NAZORATI: Aholi yashash sharoitlari va BSK faoliyati o'rganilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi 16-Chig'iriq saylov okrugi deputati S.Niyozov , kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jo'raboeva hamda mahalla raisilari bilan birgalikda Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig'inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlari o'rganildi.

O'rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹Ko'p qavatli uylar va ularning kirish yo'laklaridagi (pod'yezdlar) sanitariya va texnik holat;
🔹Ichki ko'chalar holati hamda hududning obodonlashtirish darajasi;
🔹Ko'p qavatli uylardagi liftlarning texnik sozligi va xavfsizlik talablariga javob berishi;
🔹Hududga xizmat ko'rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyatining samaradorligi.

Xususan, "Mustaqilligimizning 35 yilligi" dahasidagi ko'p qavatli uylarning bugungi kundagi holati mahalla raisi va soha mas'ullari ishtirokida batafsil ko'zdan kechirildi.
Natija va nazorat
O'rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va mavjud muammolar deputatning maxsus muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida va sifatli bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy deputat nazoratiga olindi.

Ta'kidlash joizki, xalq vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan bu kabi tizimli o'rganishlar va nazorat tadbirlari natijasida ko'plab hududlarda muammolar o'z yechimini topib, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Slide 1 of 2