35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Deputat va mahalla "Yettilik" vakillarining II chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi
 Deputat va mahalla "Yettilik" vakillarining II chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva ishtirokida 24-"Sag‘bon" saylov okrugi deputati Kamala Gulyamova hamda "X. Ko‘xakiy" va "A. Shoshiy" mahallalari fuqarolar yig‘inining "Yettilik" tarkibiga kiruvchi vakillari tomonidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi.

📝 Hisobotlarda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, mahallalarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritildi.

📎 Tadbir davomida hisobotlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, mahalla va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📚 Faoliyatning huquqiy asoslari:
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonuni;
🔹 "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonun (№O‘RQ-350, 22.04.2013);
🔹 "Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida"gi Qonun (№O‘RQ-376, 25.09.2014);
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish va aholi muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan qaror va farmonlari asosida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🤝 Yakunda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9