Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov Parchaqora mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, tomorqa yerlarini sug‘orishda ariq suvi ta'minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan suhbat olib bordi.
Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, sug‘orish tizimini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan ushbu masala deputatlik nazorati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy yechim topish yuzasidan ishlar olib borilishi ta'kidlandi.
🤝 Xalq bilan ochiq muloqot – muammolar yechimining eng muhim omilidir.