Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dildora O‘ktamovna Ismoilova hamda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Idirovna Matyaqubova tomonidan Bahoriston mahallasi ijtimoiy xodimi Abdulla Qodirovning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi
. Faoliyatni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.