Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova, Yunusobod tuman hokimligi hamda “Fortuna Kommunal Servis” MChJ hamkorligida 9-mavzedagi ko‘p qavatli uylar podyezdlarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
➡️Ta’mirlash ishlari davomida podyezdlarning devor va shiftlari ta’mirlanib, bo‘yaldi, zinapoyalar hamda panjaralar yangilanib bo‘yaldi, ichki umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, podyezdlarning estetik qiyofasi sezilarli darajada yaxshilandi.
✅Amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘p qavatli uylar podyezdlari ozoda, yorug‘ va shinam ko‘rinishga ega bo‘lib, aholi uchun yanada qulay yashash muhiti yaratildi.
👉Bunday hamkorlikdagi amaliy ishlar mahallalarda obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarni munosib holatga keltirish hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!