O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish huquqini ta’minlash hamda kutubxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
➡️Mazkur Qonunga muvofiq, kutubxonalar aholining bilim va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi.
🔠Shuningdek, raqamli axborot resurslarini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va kutubxona xizmatlari sifatini oshirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
🔖Kitob — bilim manbai, kutubxona — ma’rifat maskani
Bizni kuzatishda davom eting!